• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi mamlakat prezidenti Vo Van Txiongning iste’fosini qabul qildi

Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi mamlakat prezidenti Vo Van Txiongning iste’fosini qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 11:04
Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi mamlakat prezidenti Vo Van Txiongning iste’fosini qabul qildi.

Bu haqda “Vetnam ovozi” radiostansiyasi xabar berdi.

Shuningdek, u Siyosiy byuro a’zosi va Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasining doimiy a’zoligini ham to‘xtatgan. Endi prezidentning iste’fosi Vetnam Milliy Assambleyasi (bir palatali parlament) tomonidan ham tasdiqlanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, 53 yoshli Vo Van Txiong partiya nizomining bir qancha bandlarini buzgan va buning ortidan jamoatchilikning salbiy reaksiyasiga duchor bo‘lgan. Oqibatda u iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza berishga qaror qilgan. Bu Markaziy Qo‘mitasi yig‘ilishida ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Vetnam parlamenti 2023 yil 2 martda Vo Van Txiongni Prezident etib tayinlagandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati