Markaziy bank MGIMOning Toshkent filiali bilan memorandum imzoladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 10:52
Markaziy bank va Moskva davlat xalqaro munosabatlar universitetining (MGIMO) Toshkent filiali o‘rtasida memorandum imzolandi.

Markaziy bank rahbariyati va MGIMOning Toshkentdagi filiali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Muloqot davomida tomonlar istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasida fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida anglashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.

Memorandumning asosiy yo‘nalishlari:

IT sohasida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish;

Markaziy bank tomonidan institut talabalari uchun seminarlar, konferensiyalar va mahorat darslari tashkil etish;
biznes jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha dasturiy va boshqa innovasion yechimlarni ishlab chiqishda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan laboratoriya tashkil etish.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. MGIMOning Toshkent filiali direktori taklif etilgan tashabbuslarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.
Markaziy banki raisining o‘rinbosari ham yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirib, zamonaviy moliya sektoriga innovasiyalarni joriy etish va inson resurslarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati