Qashqadaryoda Germaniya kasb-hunar maktabi ochiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 10:34
Qashqadaryoda Germaniyaning kasb-hunar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiya migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat delegasiyasi a’zolari Leyptsig shahridagi «Avestos» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Unda Qashqadaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida nemis o‘quv dasturlari va texnologiyalari asosida professional kasb-hunar maktabini tashkil etish loyihasi ilgari surilgan.

Maktabda nemis tili va kasb-hunar jumladan, mashinasozlik, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi. Tadbir yakunida ikki tomon o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.

Shuningdek, Germaniyada xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida dual tizim asosida o‘qib ham ishlayotgan yoshlar bilan ushrashuv o‘tkazilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati