Rossiya 2026 yilda NATOga hujum qilishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 10:32
Polsha prezidenti Anjey Duda CNBC kanaliga bergan intervyusida Rossiya 2026 yildayoq NATOga hujum qilishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda u germaniyalik ekspertlar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalardan birida o‘qigan.

“Yangi ma’ruzalar kelib tushmoqda, yaqinda esa germaniyalik ekspertlar yozgan bitta ma’ruzani ko‘rdim, unda aytilishicha, yaqin orada, ehtimol 2026 yoki 2027 yildayoq Putin o‘z iqtisodiyotini harbiy relslarga qo‘ygan holda shunchalik katta jangovar qudratga ega bo‘ladiki, hatto NATOga hujum qilaoladi”, — dedi Duda.

Polsha prezidenti fikricha, G‘arb 2026 yilga qadar Yevropa xavfsizligini maksimal darajada kuchaytirishi kerak, shu jumladan, o‘q-dori va qurol-yarog‘lar zaxiralarini oshirish orqali. Rossiya va Shimoliy Atlantika alyansi o‘rtasida harbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilish zarur, dedi u.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati