Toshkent dunyodagi havosi eng ifloslangan 30 ta shahar qatoriga kirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 10:24
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent havosi eng ifloslangan dunyo poytaxtlari reytingida 22-o‘rinni egalladi, deb xabar beradi Kazinformning Toshkentdagi muxbiri Alixan Asqar.

Shveysariyaning IQAir texnologik kompaniyasi o‘tgan yili dunyo shaharlarida kuzatilgan havo sifati bo‘yicha global yakuniy hisobotni e’lon qildi. Unga 134 mamlakatning 7812 shahri kirdi, ekspertlar 30 000 dan ortiq kuzatuv stansiyalari ma’lumotlarini tahlil qildilar.

IQAir hisob-kitoblariga ko‘ra, Toshkent havosidagi zararli chiqindilarning o‘rtacha yillik konsentrasiyasi (RM 2,5) 28,6 mkg/m3 ni tashkil etgan.

Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan sog‘liq uchun zararli deb tan olingan chegaradan 5-7 baravar yuqori.

Shu tariqa, Toshkent “qizil” toifaga kiritildi va havosi eng ifloslangan dunyo poytaxtlari reytingida 22-o‘rinni egalladi.

Nyu-Dehli (Hindiston), Dakka (Bangladesh), Uagadugu (Burkina-Faso), Dushanbe (Tojikiston) va Bag‘dod (Iroq) ham ushbu reytingning kuchli beshligidan joy olgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati