• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Fransiyada talabdan yuqori miqdorda zamonaviy libos ishlab chiqarganlik uchun jarima qo‘llanadi

Fransiyada talabdan yuqori miqdorda zamonaviy libos ishlab chiqarganlik uchun jarima qo‘llanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 10:04
Fransiya parlamentining quyi palatasi kiyim-kechak brendlariga mahsulotlarni talabdan yuqori miqdorda ishlab chiqarish uchun jarima solishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Shu tariqa, rasmiylar tezkor modaning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kompensasiya qilmoqchi.

Fransiya parlamentining quyi palatasi o‘tgan hafta Xitoyning Shein kabi kompaniyalar tomonidan sotiladigan moda mahsulotlarini o‘ta tez ishlab chiqarishga jarima solishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi, deb yozadi Reuters.

Shu tariqa, fransuz hukumati tezkor modaning atrof-muhitga salbiy ta’sirini oldini olishni istaydi.

Qonun loyihasida 2030 yilgacha har bir kiyim uchun jarima miqdorini bosqichma-bosqich oshirib, 10 yevrogacha oshirish, shuningdek, bunday mahsulotlarni reklama qilishni taqiqlash nazarda tutilgan.

Qonun loyihasiga barcha deputatlar bir ovozdan ovoz berishdi. Endi u Senat tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Avvalroq Fransiya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ham Yevropa Ittifoqiga to‘qimachilik chiqindilarining yomonlashib borayotgan muammosini hal qilish uchun foydalanilgan kiyim eksportini taqiqlashni taklif qilgan edi.
O‘tgan yozda Fransiya hukumati kiyimi yoki poyafzalini ta’mirlash uchun olib ketgan odamlarga bonuslar to‘lashini e’lon qilgan edi. To‘lov miqdori 6 yevrodan 25 yevrogacha o‘zgaradi. Chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan aksiya besh yil davom etadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP) va Ellen MakArtur jamg‘armasining 2019 yildagi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, moda sanoati yillik global karbonat angidrid chiqindilarining 10 foizini tashkil etgan - bu barcha xalqaro reyslar va yuk tashishlar emissiyasidan ko‘proqdir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati