Sariosiyoda o‘qituvchilar ish haqi olmayaptimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 09:58
MIB tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining yana bir ijro hujjati kelib tushdi. Unda yettita umumta’lim maktabi va bitta maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat qilayotgan o‘qituvchi hamda tarbiyachilarning o‘z vaqtida to‘lab berilmagan ish haqlarini undirish belgilangan. Ijro hujjati tegishli tartibda ish yurituvga qabul qilinib, tezkorlik bilan ijrosini ta’minlashga kirishildi. Qarzdor muassasa rahbari ogohlantirilib, hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborildi.

– Davlat ijrochilarimiz fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, shu jumladan, ish joyiga tiklash va ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga alohida e’tibor qaratib, darhol ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rmoqda, – deydi MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi Qobiljon Tursunov. – Mazkur holatda ham olib borilgan majburiy ijro harakatlari chog‘ida 68 nafar pedagog va tarbiyachiga belgilangan 214 million 300 ming so‘m ish haqi undirilib, bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Holat yuzasidan ijro hujjatlari belgilangan tartibda tugatilib, qarzdor muassasaga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov bekor qilindi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati