Jizzaxda otasi onasidan 6 yildan beri yashirib kelgan bola topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 09:38
Jizzax viloyati Arnasoy tumanida otasi onasidan 6 yildan beri yashirib kelgan bola topildi. Bu haqda MIB axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar F.A. va G.A.lar 2018 yilda kelishmovchiliklar sababli ajrashadi. Otasi F.A. turmushidan 2017 yilda tug‘ilgan o‘g‘li J.N.ni onasiga bermasdan, yashirib yurgan. Oqibatda ayol o‘g‘lini sobiq turmush o‘rtog‘i, sobiq qaynonasidan o‘z tarbiyasiga olib berishni so‘rab, sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, otasi va buvisidan farzandini ayol qaramog‘iga olib berish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Hujjat ijrosi yuzasidan bolaning otasi va buvisi tomonidan ixtiyoriy tarzda farzandni onasiga topshirmagani natijasida davlat ijrochisi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-prim 1-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llangan. Shundan so‘ng ham qarzdorlar tomonidan bolani yashirishga harakat qilgani sababli davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bolakay Mirzacho‘l tumanidagi qishloqda yashovchi otaning ukasi uyidan qidiruv tadbirlarida topilib, shu zahotiyoq xolislar hamda qarzdor taraf ishtirokida onasi qaramog‘iga va tarbiyasiga topshirildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati