• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • AQSh Adliya vazirligi iPhone'ga cheklovlar tufayli Apple'ga qarshi da’vo arizasi berishga tayyorlanmoqda

AQSh Adliya vazirligi iPhone'ga cheklovlar tufayli Apple'ga qarshi da’vo arizasi berishga tayyorlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 06:34
AQSh Adliya vazirligi raqobatchilarning iPhone`ning apparat va dasturiy funksiyalariga kirishini bloklash orqali monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik haqidagi ayblovlar bo‘yicha Amerikaning Apple korporasiyasi ustidan sudga murojaat qilishga tayyor.

Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, da’vo federal sudga 21 martdayoq yuborilishi mumkin. Bu so‘nggi 14 yil ichida uchinchi marta Adliya vazirligi Apple`ni monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik uchun sudga bergani bo‘ladi.

Agentlikning qayd etishicha, da’vo AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati va Amerika texnologiya gigantlari o‘rtasidagi monopoliyaga qarshi kurash doirasida qo‘zg‘atiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati