“Kanada Isroilga qurol sotishni to‘xtatadi” — Kanada tashqi ishlar vaziri

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 06:24
Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli 19 mart kuni Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berish taqiqlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Kanada parlamentida dushanba kuni yuzaga kelgan munozaralardan so‘ng qonunchilar qurol savdosini to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifni yoqlab ovoz berishlarini ma’lum qilishgan. Hukumat rasmiylari mamlakatning G‘azodagi operasiyani texnik jihatdan ta’minlashi uchun zarurat va asos yo‘q degan xulosaga kelishgan.

“Bu haqiqatan ham sodir bo‘lmoqda. Dastlabki taklif qurol sotishni to‘xtatib turish haqida edi, ammo bu endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqqa o‘zgartirilmoqda”, — degan Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati