AQSh Eronning raketa va yadroviy dasturlariga nisbatan yangi sanksiyalar kiritdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 06:22
Qo‘shma Shtatlar Tehronning ballistik raketa sinovlari va yadroviy faoliyatidan xavotir bildirgan holda mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda IRNA nashri ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 20 mart kuni AQSh Moliya vazirligi tarkibidagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi Eronning ballistik raketa, yadroviy va mudofaa dasturlarini qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilingan uchta xarid tarmog‘iga nisbatan sanksiyalar joriy etgan. Ushbu tarmoqlar Eron, Turkiya, Ummon va Germaniyada faoliyat yuritadi.

AQSh rasmiylari sanksiya kiritilgan korxonalar tarmog‘i Eronning raketa sanoati uchun uglerod tolasi, epoksi qatroni va boshqa materiallarni xarid qilish bilan shug‘ullanganini da’vo qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati