Oq uy AQSh elchixonalarida LGBT bayroqlarini ko‘rsatishni taqiqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 06:12
AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Oq uy vakillari bilan Amerika elchixonalarida mamlakatning rasmiy bayrog‘idan boshqa har qanday bayroqlarni o‘rnatishni taqiqlashga kelishib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, taqiq LGBT bayroqlari, fuqarolar urushi davridagi Konfederasiya bayrog‘i, shuningdek, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning “Amerikani yana buyuk qilsin” shiori tushirilgan bayroqni o‘z ichiga oladi.

Ta’kidlanishicha, elchixona xodimlariga “shaxsiy maqsadlarda” kamalak bayroqlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati