Davlat xizmatlari ko‘rsatiladigan elektron bazalar faoliyati cheklanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 06:04
Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, 21 mart soat 21:00 dan 23 mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi, «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Lisenziya va Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimlari orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari vaqtincha cheklanadi.

Sababi, 21–24 mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirish hamda Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib boriladi.

Savollar bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot zarur bo‘lsa, «1008» va «1148» raqamiga murojaat qilish mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati