Sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin vafot etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 06:00
Rossiyalik sport jurnalisti va futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida dunyodan o‘tdi. Bu haqda “Egrisi” havaskor futbol klubi matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant” xabar qilgan. Darvoqe, marhum shu klub prezidenti edi.

– Bizga xabarni yetkazish juda og‘ir, lekin bu – haqiqat, – deyilgan xabarda. – Vasiliy endi oramizda yo‘q.

OAV ma’lumotiga ko‘ra, yurak bilan bog‘liq muammo o‘limga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Biroz oldin Utkin Moskvadagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan edi.

Vasiliy Utkin 1972 yil 6 martda tug‘ilgan. 1994 yildan televideniyeda faoliyat yuritgan. NTV-plyus, NTV va boshqa federal kanallarda futbol dasturlarini olib borgan, o‘yinlarni sharhlagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati