Jahon futbolidagi eng yaxshi yosh vunderkindlar ro‘yxati e’lon qilindi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 42
- Формат: mp4
- Дата релиза: 21-03-2024, 05:24
16 yoshli ispaniyalik futbolchi Goal nashrining 2005 va undan kichik yillarda tug‘ilgan eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda yozda "Real Madrid"ga o‘tadigan "Palmeyras" vakili Endrik. Uchinchi o‘rinni “PSJ” yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri, to‘rtinchi o‘rinni “Bavariya” hujumchisi Metis Tel, kuchli beshlikni esa “Real Madrid”ning hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler yakunlagan.
Futbol vunderkindlari o‘ntaligiga, shuningdek, Vitor Roke (“Barselona”), Kobbi Maynu (“Manchester Yunayted”), Kenan Yildiz (“Yuventus”), Klaudio Echeverri (“Manchester Siti”, “River Pleyt”da ijarada) va Leni Yoro (“Lill”) kirdi.