Mbappe har doimgidek peshqadam

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 05:20
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingida ishonchli tarzda birinchi o‘rinni egalladi.

"Real"ga o‘tish arafasida turgan 25 yoshli futbolchi amaldagi shartnomasiga ko‘ra oyiga 6 million yevro maosh oladi, deb xabar beradi L`Equipe. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatning barcha kuchli o‘ntaligi “PSJ” futbolchilaridan iborat: ikkinchi o‘rinni Usmon Dembele va Markinyos (oyiga 1,12 million yevro), uchinchi o‘rinni Lyuka Ernandes (1,11 million) va Milan Shkrinyar (1,1 million) egallagan. Janluidji Donnarumma, Marko Asensio, Randal Kolo-Muani, Ashraf Hakimiy va Nordi Mukiele mos ravishda oltinchi o‘ninchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Boshqa klublar vakillari orasida “Marsel”dan Pyer-Emerik Obameyang va “Monako”dan Vissam Ben Yedder (oyiga 650 ming yevro) yetakchilik qilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati