Romano: Real va Mbappe maosh borasida kelishuvga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 05:12
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o‘tishga yaqinlashmoqda.

Fransiyalik futbolchi erkin agent sifatida La Liga giganti safiga qo‘shiladi, chunki uning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga yetadi. Taniqli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Real" Mbappe bilan maosh borasida kelishuvga erishgan. 25 yoshli yulduz taxminan Vinisius Junior va Jud Bellingem bilan bir xil maosh oladi.

Oldinroq OAV Kilian Mbappe uchun "Real" yagona da’vogar ekanligini ta’kidlagan edi. Forvard Madridga o‘tishga qaror qildi va faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmaydi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati