Real: Mbappe kelsa ham bu yulduzimizni sotmaymiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 05:04
Madridning “Real” klubi hujumchi Rodrigo bilan xayrlashmoqchi emas.

Braziliyalik futbolchi yangi mavsumdan boshlab jamoaga qo‘shiladigan Kilian Mbappening kelishi tufayli "Los-Blankos"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin. Transfer News Live nashrining Diario Sport nashriga tayanib xabar berishicha, "Real" Mbappe bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Rodrigoni daxlsiz deb biladi.

23 yoshli braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va Angliya Premyer-ligasining boshqa gigantlari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali forvardning narxini 100 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Rodrigo Karlo Anchelotti jamoasi safida 41 uchrashuvda 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati