Donnarumma Buffonni tarixdagi eng yaxshi darvozabon deb biladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 04:46
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma Janluiji Buffonning jamoaga hissasi haqida gapirdi.

"Skuadra Adzurra"ning afsonaviy sobiq darvozaboni o‘tgan yozdan beri terma jamoa koordinatori lavozimida ishlab kelayotgandi.

“Buffon menga juda yordam berdi, men uni futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabon deb bilaman. Uning biz bilan bo‘lishi muhim, u Italiya terma jamoasi uchun juda foydali. Gap doimo tinglanadigan buyuk rahbar haqida ketmoqda. Biz u bilan ishlayotganimizdan juda faxrlanamiz, u kelajakda bizga yordam beradi”, dedi “PSJ” darvozaboni 22 mart kuni Italiyaning Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan Sky Sport nashriga bergan intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati