Milklar nega qonaydi? Bu — parodontoz...mi?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-05-2024, 15:12
Ko‘pchilik tishlarni yuvayotganda ularning qonashiga unchalik e’tibor bermaydi. Aslida bu holat og‘izdan hid kelishi, tishlar bo‘shab qolishi va tushishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘luvchi parodontoz kasalligidan darak beradi.

Xo‘sh, u qanday kasallik? Unga asosan qaysi yoshdagi insonlar duchor bo‘ladi? Xastalikning oldini olish va davolash mumkinmi?

Ushbu savollarga tibbiyot fanlari doktori Abduazim Yuldashev javob berdi.

— Parodontoz — tish atrofidagi to‘qimalarning surunkali yallig‘lanishi va bundan tish katakchalari yemirilishi oqibatida ularning tushib ketishi bilan kechuvchi kasallik, — deydi mutaxassis. — U ko‘pincha 35 yoshdan keyingi davrda 40-50 foiz kishi chalinadigan milk kasalligi bo‘lib, uni to‘liq davolash texnologiyalari ishlab chiqilgan.

Xastalik parodont tomirlari va nervlari buzilishi yoki kasallanishi natijasida tish atrofidagi to‘qimalarning qon bilan yetarli ta’minlanmasligi oqibatida kelib chiqadi. Ovqat chaynaganda milkka zo‘r kelishi, tishda tosh yig‘ilishi, og‘iz bo‘shlig‘ining talab darajasida parvarish qilmaslik, luqmani noto‘g‘ri tishlash, sun’iy tishlarni to‘g‘ri o‘rnatmaslik, shuningdek organizmda kechadigan umumiy kasalliklar parodontozga sabab bo‘lishi mumkin.

Kasallik dastlab milkda achishish, qichishish va tomir urishi kabi belgilar bilan boshlanadi. So‘ng tish bo‘yni ochilib qoladi, ba’zan milk yallig‘lanib shishadi, tish cho‘tka bilan yuvilganda yoki qattiqroq ovqat yeyilganda, milk qonaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shishib qizarishi, bora-bora tishlarda tosh, noxush hid paydo bo‘lishiga olib keladi.
Uning rivojlanishiga tish oralig‘ida ovqat qoldiqlari, bakteriyalar, teri hujayralari va milk orasi ochilib qolishi yanada qulay sharoit yaratadi. Bu qoldiqlarning barchasi so‘lak bilan aralashib, qattiq tosh hosil qiladi.
Parodontozning keyingi bosqichida tishlarni ushlab turgan tayanch suyak asta-sekin yemirilib, davolashga kirishilmasa, uning “umri” qisqaradi. Natijada ovqat chaynash va hazm qilish buziladi. Shu tariqa milk qatlamining surunkali yallig‘lanishini keltirib chiqaradigan bakteriyalar uchun qulay muhit paydo bo‘ladi.
Tish qatlamida yashovchi son-sanoqsiz bakteriyalar organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qonni quyultiradi. Bu miokard infarkti, insult, arterial gipertoniya kabi xavfli kasalliklar xavfini oshiradi. Milkning zararlanishi homiladorlikda turli zo‘riqishlarga sabab bo‘lishi aniqlangan.
Kasallikning oldi olinmasa, boshqa bir nomdagi xastalik – gingivitning boshlanishi uchun ayni muddaodir. Milkdan yiring (pioreya) ajraladi, tishlarning ildizi yaqqol ochilib, to‘kilishga tayyor turadi. Ko‘rinishidan sog‘lom boshqa tishlarda ham aynan shu jarayon takrorlanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati