Eder Militao endi o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 00:46
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Eder Militao jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi avgust oyida La Liganing birinchi turida "Atletik"ga qarshi o‘yinda xochsimon bog‘lami yirtilib ketgani sababli davolanayotgan edi. Relevo xabariga ko‘ra, Militao "Real"ning bugungi yopiq o‘rtoqlik uchrashuvida sinovdan o‘tgan. Futbolchi tizzasida og‘riq sezmadi - u sog‘lom va milliy o‘yinlardagi tanaffusdan so‘ng rasmiy o‘yinlarda maydonga qaytishga tayyor.

31 mart kuni "Real Madrid" La Ligada "Atletik" jamoasini qabul qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati