Nyukasl Botmanning o‘rniga futbolchi xarid qilmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 00:36
"Nyukasl" Sven Botmanning jarohati tufayli yangi markaziy himoyachi izlashga majbur.

Chorshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, tibbiy ko‘rikda niderlandiyalik futbolchining xoch bog‘lami yorilishi aniqlangan - u olti oydan to‘qqiz oygacha maydonga tusha olmaydi. Football Italia xabariga ko‘ra, ushbu noxush yangilik munosabati bilan "Nyukasl" "Atalanta"ning 20 yoshli markaziy himoyachisi Jorjio Skalviniga qiziqishlarini yangilashga tayyor. "Qarg‘alar" shuningdek, "Yuventus"dan braziliyalik Gleyson Bremer va "Torino"dan Alessandro Buonjornoga ham ko‘z tikishmoqda.

Skalvinining narxi Transfermarkt tomonidan 45 million yevro, Bremer 60 million va Buonjorno 30 millionga baholangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati