Musiala - Kroos haqida: Mashg‘ulotlarda uning to‘p bilan qay darajada xotirjam ekanligini ko‘rish mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 00:34
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala germaniyalik jamoadoshi Toni Kroosning maqtoviga javob qaytardi.

Yaqinda Germaniya terma jamoasiga qaytgan "Real Madrid" yarim himoyachisi Musialaning mashg‘ulotlardagi o‘yinlaridan qoyil qolganini aytgandi.

“Kroos ajoyib futbolchi. Mashg‘ulotlarda uning to‘p bilan qanchalik xotirjam ekanini ko‘rish mumkin. Yillar davomida ko‘rgan o‘yinlarimga qaraganda, u bizga yordam bera oladigan fantastik futbolchi. Men uni juda hurmat qilaman va uning maqtovidan mamnunman”, - dedi “Bavariya”ning 21 yoshli futbolchisi RLT telekanaliga bergan intervyusida.

23 mart kuni Germaniya terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushsa, 26 mart kuni Niderlandiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati