Anri Grizmanning imkoniyatlariga yuqori baho berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 21-03-2024, 00:02
"Arsenal" va "Barselona"ning sobiq hujumchisi Tyerri Anrining fikricha, "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni juda past baholagan.

“Grizmann bizga mashaqqatli mehnat iste’dod ekanligini eslatib o‘tadi. Antuan dunyodagi eng past baholangan futbolchi. Biz Kilian Mbappe haqida tez-tez gapiramiz, shu qadar tez-tezki men uni tanqid qilish uchun sabablar qidiraman. Ammo Grizmann... uning gollari va uzatmalariga qarang.

Ayting-chi, tarixda kim hujumda to‘rtta pozisiyada ham o‘ynagan? Bunday futbolchilar ko‘p emas. Grizmann ulardan biri”, - dedi Anri Le Parisen nashriga bergan intervyusida.

Grizmann 2021 yilning yozida “Atletiko”ga qaytgan edi. Madridliklar uni dastlab "Barselona"dan ijaraga olgan va o‘tgan yozda sotib olgandi.

Joriy mavsumda 32 yoshli fransiyalik futbolchi jamoasi safida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu yilning yanvar oyida u "Atletiko" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati