Anri: Kilian – bu Fransiya
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 43
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 23:38
«U allaqachon barcha jabhada mendan o‘zib ketgan. Kilian – bu Fransiya, bu bizning futbolimiz. Fransiya uchun Mbappe juda muhim. U aqlbovar qilmas o‘yinchi.
Kilian haqida biladigan yagona ma’lumotim – u «PSJ»ni tark etmoqda. Uning qaysi klubga o‘tishi men uchun unchalik muhim emas. Ammo u «Real»ga o‘tsa, bilamizki bu jamoa o‘yinchilarini Olimpiadaga qo‘yib yubormaydi.
Kilian fransuz ekanidan barcha hasad qiladi. Gap futboldagi yirtqich haqida bormoqda. Qayerga bormay menga «Fransiyaning omadi chopgan, tarkibida Mbappedek o‘yinchisi bor», deyishadi. U chindanam Fransiya uchun juda muhim o‘yinchi», - deydi Fransiya olimpiya jamoasi bosh murabbiyi Tiyerri Anri.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum klubi safida jami 37 o‘yinda 38ta gol va 8ta assist qayd etgan.
Avvalroq, Anri Mbappeni Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etishini so‘ragani haqida xabarlar tarqalgandi.