Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik kino san’ati orqali yanada mustahkamlanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 23:32

Bugun Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov Xitoy elchisining madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Chi Chjunlin bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Xitoy vakili joriy yilning yanvar oyida Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyida o‘tkazilgan xitoy filmlari namoyishi uchun Kinematografiya agentligiga chuqur minnatdorchilik bildirdi. Uchrashuvda turli formatdagi qo‘shma loyihalar va festivallar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Chi Chjunlinning aytishicha, mart oyining oxirida xitoylik prodyuserlar va kinoijodkorlar "Meni kut" qo‘shma loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keladi.

Agentlik direktori kelgusi muzokaralarda Alisher Navoiy asari asosida "Farhod va Shirin" qo‘shma loyihasini yaratish taklifini berdi.

Ikki tomonlama madaniy aloqalar mamlakatlarimiz rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati