Xorazm viloyatida 9 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 23:02
Soat 22:30 da kuchli yomg‘ir va qattiq shamol ta’sirida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6-10 kVli 5 ta, Xorazm viloyatida esa 9 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 200 ta, Xorazm viloyatining Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch hamda Xonqa tumanlarida istiqomat qiluvchi 6 ming 750 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (qattiq shamol va kuchli yomg‘ir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati