Srechko Katanes: «Bu yerga g‘alaba qozonish uchun keldik»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 22:54
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes :

— Biz bu yerga g‘alaba qozonish uchun keldik. Bir hafta davomida o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha ishni qilamiz. Iroq terma jamoasi murabbiyi sifatida avval Gong Kong terma jamoasiga qarshi bahs olib borganmiz. Biroq bu umuman boshqa darajadagi o‘yin edi. O‘shanda raqib jamoa chuqur himoyalangan. Hozir vaziyat o‘zgargan. Jamoa Osiyo kubogida ham yorqin o‘yin namoyish etdi.

Gong Kong Eronga qarshi va guruhdagi boshqa uchrashuvlarda bir qancha xavfli hujumlar tashkil etdi. Bu jamoa qanday qilib turnirda ochko qo‘lga kirita olmagani va faqatgina bitta gol urgani hayratlanarli. Futbolchilarimga bu o‘yinga oddiy bahs sifatida qaramasliklarini maslahat beraman. Kimdir oson o‘yin bo‘ladi deyishi mumkin, biroq unday emas. Gong Kong tarkibida bir qancha braziliyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar bor. Ushbu jamoani hurmat qilamiz.

Turkmanistonga qarshi sun’iy chimli maydonda o‘ynadik, ertangi bahs o‘tkaziladigan stadion maydoni esa biroz kichikroq ekan. Shundan kelib chiqqan holda ular bizga yaxshigina qarshilik ko‘rsatadi, deb o‘ylayman.

Jahon chempionati saralash bosqichi barcha futbolchilardan jiddiy yondashuvni talab qiladigan musobaqa. Bu yerga kecha oqshomda yetib keldik va bir marta mashg‘ulot o‘tkazdik. Ertaga muhim o‘yinda ishtirok etishimiz kerak. Qanday holat bo‘lishini oldindan bilmaymiz. Shunga qaramay rejalar o‘zgargani yo‘q.

Ertangi bahsda raqib jamoa muxlislari ko‘proq bo‘ladi. Bu o‘yinga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi, deb o‘ylayman. Odiljon Hamrobekov: — Maqsadimiz sari yana bir muhim bahs bizni kutib turibdi. Jamoadoshlarimiz bilan birgalikda uchrashuvga tayyormiz.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati