Yaponiya qirg‘oqlarida kema cho‘kib ketdi, qurbonlar bor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 22:34
20 mart kuni Yaponiyaning qirg‘oqlari yaqinida kema halokati yuz berishi oqibatida bortda bo‘lgan 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, halokatga uchragan okean tankeri Janubiy Koreyaga tegishli bo‘lgan. Tanker Yaponiya g‘arbiy sohiliga yaqinlashganda to‘ntarilib ketgan.

Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati hududda tezkor qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. 8 kishi qutqarib olingandan ko‘p o‘tmay, to‘ntarilgan tanker ichidan yana bir fuqaro chiqarib olingan. Bortda bo‘lgan yana 2 nafar shaxs taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Keoyoung Sun” tankeri Yamaguchi prefekturasi yaqinida 20 mart kuni tongi soat 07:00 atrofida halokat signali tarqatgan. Qutqaruvchilar kelganda kema ag‘darilgan bo‘lgan.

Mahalliy nashrlar tanker ichida 980 tonnaga yaqin akril kislotasi bo‘lganini yozgan. Ammo ushbu ma’lumot hali tasdiqlanmagan.

Yaponiya manbalari kema ekipaji ikki nafar koreys, sakkiz nafar indoneziyalik va bir nafar Xitoy fuqarosidan iborat bo‘lganini xabar bergan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati