Qozog‘iston terma jamoasi Gresiyani mag‘lub etsa, futbolchilarga 100 million tenge beriladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 22:22
Freedom Holding Corp. bosh ijrochi direktori va Qozog‘iston futbol federasiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Timur Turlov Qozog‘iston futbol terma jamoasi Millatlar ligasi yarim final pley-off o‘yinida Gresiya termasini mag‘lub etsa, 100 million tenge to‘laydi, deb xabar beradi Freedom Holding Corp. matbuot xizmati.

Hal qiluvchi bahs 21 martdan 22 martga o‘tar kechasi Afina shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv g‘olibi pley-offning final bosqichiga yo‘l oladi va unda Gruziya va Lyuksemburg o‘rtasidagi o‘yin natijasiga ko‘ra eng yaxshi jamoaga qarshi o‘ynaydi.

“Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga yo‘llanma hech qachon bunchalik yaqin bo‘lmagan. Bu qozoq futboli va butun mamlakat uchun muhim voqea. Bizning ko‘z o‘ngimizda terma jamoa tarixni yozmoqda va endi sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlash har qachongidan ham muhimroq. Ular uzoq yo‘lni bosib o‘tishdi va mehnat qilishdi, lekin oldinda YEVRO-2024 saralashi doirasida eng muhim o‘yin turibdi. Umid qilamanki, mukofot pullari jamoaga qo‘shimcha motivasiya beradi, shuningdek, barchamizni Qozog‘iston terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”, – dedi Freedom Holding Corp. bosh ijrochi direktori, Qozog‘iston futbol federasiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Timur Turlov.

2022 yilda Timur Turlov Qozog‘iston futbol federasiyasi ijroiya qo‘mitasiga qo‘shildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati