• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni kardiojarrohlik sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni kardiojarrohlik sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 22:16
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonga aholining zaif qatlamlari uchun yurak operasiyalarini o‘tkazishda yordam beradi. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni kardiojarrohlik sohasida qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Ar-Riyodda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Qirol Salmon Abdulla ar-Rabi’a qo‘llab-quvvatlash va gumanitar yordam markazi rahbari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekistonning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohligi va stentlar o‘rnatish loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, loyiha qiymati uch million dollarni tashkil etadi.

Clinics.uz ma’lumotlariga ko‘ra, kardiojarrohlik operasiyalari narxi murakkabligiga qarab, Toshkent klinikalarida bugungi kunda 8 million so‘mdan 104 million so‘mgacha va undan yuqori turadi.

Masalan, yurak tomirlarini stentlash bemorga kamida 19 million so‘mga tushadi. Ammo bu miqdor vaziyatga qarab ko‘proq bo‘lishi mumkin. Kardiojarrohlik sohasidagi gumanitar loyihalar tijorat narxlariga qurbi yetmaydigan O‘zbekiston fuqarolarini qutqarishga yordam beradi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati