Urushga qaramay, Isroil dunyodagi eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 22:14
Yillik World Happiness Report (“Butun dunyo baxt indeksi”)ga ko‘ra, joriy yilda Isroil 133 mamlakatni ortda qoldirdi va Niderlandiya, Norvegiya, Lyuksemburg, Shveysariya, Avstriya va Yangi Zelandiyadan o‘zib ketdi.

Finlyandiya dunyodagi eng baxtli mamlakat deb topildi, keyingi o‘rinlarni Daniya, Islandiya, Shvesiya va urushga qaramay, baxtli Isroil egalladi.

Janubiy Qavkaz mamlakatlari orasida Armaniston 82-o‘rinni, Gruziya 91-o‘rinni, Ozarbayjon esa 101-o‘rinni egalladi.

Rossiya 72-o‘rinda, Ukraina 105-o‘rinda. O‘zbekiston 47-o‘rinni egalladi.

Eng baxtsiz mamlakat Afg‘oniston deb topildi, ro‘yxatning oxirgi qismida Livan, Lesoto, Syerra-Leone va Kongo Demokratik Respublikasi joylashgan.

So‘rov Gallup kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan. Tadqiqotning asosiy omillari: shaxsiy farovonlik, ijtimoiy yordam, sog‘liq, erkinlik, umr ko‘rish darajasi va korrupsiya darajasi hisoblanadi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati