Buyuk Britaniya G‘azoga eng katta yordam paketini jo‘natdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 22:06
Buyuk Britaniya hukumati 20 mart kuni G‘azo sektoriga o‘zining eng katta hajmdagi gumanitar yordam paketini jo‘natgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Yordam paketi yuborilgani haqida mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan. Ushbu yordam yuklari G‘azo shahri va sektor janubidagi Rafah hududlariga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan.

Britaniya rasmiylari ma’lum qilishicha, yordam paketi qamaldagi G‘azo hududiga Iordaniya quruqlik koridori orqali kiritilishi rejalashtirilgan. Gumanitar yordam paketi hajmi 2000 tonnani tashkil etadi. U asosan, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat. London rasmiylari ushbu hajmdagi oziq-ovqat 275 ming nafar g‘azolikka tarqatish uchun mo‘ljallanganini ma’lum qilgan.

Gumanitar yordam yuklari, shuningdek, boyitilgan bug‘doy uni, issiq ovqatlar va yarim tayyor ozuqalardan iborat ekanligi aytilgan.

“Oziq-ovqat yuklari G‘azodagi 275 mingdan ortiq aholini oziqlantirish uchun ishlatiladi. Har bir oziq-ovqat to‘plami besh kishilik oila uchun mo‘ljallangan bo‘lib, konservalangan sabzavot, go‘sht, baliq va xurmolardan iborat. Yordam paketi aholining kunlik kaloriya ehtiyojining yarmini qondira oladi”, — degan Buyuk Britaniya rasmiysi.

Etkazib berish o‘tgan chorshanba kuni kelgan va UNICEF tomonidan tarqatiladigan Buyuk Britaniya tomonidan moliyalashtirilgan 150 tonna yordam buyumlari, jumladan, adyol va chodirlarni qo‘shadi, dedi Tashqi ishlar vazirligi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati