Makkada xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 21:56
Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi – UNA-OIC ma’lum qilishicha, Qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida Makka shahrida “Islomiy mazhablar o‘rtasida ko‘prik qurish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi Bosh muftiysi, Oliy ulamolar kengashi raisi Shayx Abdulaziz bin Abdulloh ochib bergan anjumanda “Mazhablar – birlik ramzi” ekani, tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida din yaxlitligi musulmonlarning hamjihatligi, o‘zaro inoqligi va birligini ta’minlashda eng muhim omil ekani urg‘ulandi.

Anjuman doirasida ayrim yaqin sharq mamlakatlari va boshqa hududlarda soxta mujtahidlar muslimlar qoni to‘kilishiga sababchi bo‘layotgani, qo‘llarini qonga bulab, butun dunyoga islomni yomon ko‘rsatishayotgani ta’kidlandi.



Musulmonlar Jahon ligasi bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdul Karim Al-Iso o‘z nutqida mazhab insonlarni itoatli bo‘lish, tinchlik va murosa yo‘lini tanlashga chaqirishini, hatto boshqa din vakillari bilan ham ahil yashashga undashini e’tirof etdi. Islom birligini saqlashda turli fitna va toyilishdan xoli yuksak diniy va dunyoviy ilm cho‘qqilariga yetishish lozimligiga e’tibor qaratdi.

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha mazkur forum islomiy mazhablar o‘rtasidagi yaqinlashuv jarayonini chuqurlashtirishiga ishonch bildirdi. konferensiya tavsiyalari va natijasi kelgusi ahillik uchun poydevor yaratishga hissa qo‘shishini ta’kidlab, hamkor tuzilmalarning bu yo‘ldagi faolligini olqishladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati