Yosh dzyudochilarimiz Germaniyada bellashadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 21:54
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Germaniyaning Bremen shahrida o‘tkaziladigan "Masters" turnirida ishtirok etadi.

Ushbu nufuzli musobaqada Yaponiya, Braziliya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi jami 25 davlatdan 600 nafardan ziyod yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Iskandar Rasulov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 8 nafar a’zosi -60 kg. Jamol Qo‘ziboyev, -66 kg. Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov, -66 kg. Zamahshariy Bekmurodov, -73 kg. Hojiakbar Toshev, -81 kg. Mardon Ravshanov, -90 kg. Shahzod Sharipov, Alisher Samanov va +100 kg. Fazliddin Rafiqov "Masters" turnirida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Mazkur turnirdan so‘ng, yosh polvonlar uch kun davomida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Shuningdek, 28-30 mart kunlari terma jamoamiz Gannoverda ikkinchi yig‘inga kirishadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati