Belarus va rossiyaliklar Olimpiada-2024 ochilish paradida ishtirok etmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 21:52
Rossiya va Belarus nomidan Parij-2024 Olimpiadasida qatnashadigan sportchilar tantanali ochilish marosimida ishtirok eta olmaydilar.

"Neytral maqomdagi sportchilar delegasiya bo‘lib ochilish marosimida qatnashmaydi. Chunki ular individual sportchilar hisoblanadi. Shunga o‘xshash holat Barselonada o‘tgan Olimpiada-1992`da sobiq Yugoslaviya bilan ham kuzatilgandi", - deyiladi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bayonotida.

Shuningdek, XOQ neytral maqomdagi sportchilarni tekshiradigan qo‘mita a’zolarini ham oshkor qildi. Ushbu ro‘yxatdan basketbolchi Pau Gazol, stol tennisi bo‘yicha Olimpiada chempioni Yu Sin Min hamda sobiq sinxron suzuvchi, ayni paytda XOQ vise-prezidenti bo‘lgan Nikol Xeverts joy oldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati