BMT: iqlim o‘zgarishi borgan sari tezlashmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 21:50
2023 yil BMT kuzatuvi tarixida eng issiq yil bo‘ldi, deb yozdi “Interfaks” Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ma’ruzasiga tayanib. Bu g‘haqda O‘zA xabar berdi.

– Ayrim ko‘rsatkichlar shunchaki emas, balki haddan ziyod yuqori, iqlim o‘zgarishi borgan sari tezlashmoqda, – dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. – Global isish oqibati keskin, halokatga olib boradigan kuch bilan kuchaymoqda.

Hisobotga ko‘ra, 2023 yil karbonat angidrid gazi chiqindisi darajasi, Yer sathidagi harorat, Tinch okeanidagi suv harorati ko‘tarilishi ko‘rsatkichi va muzlik erishi bo‘yicha rekord kuzatildi. Jazirama, toshqin, qurg‘oqchilik, nazorat qilib bo‘lmaydigan o‘rmon yong‘ini va kuchayib borayotgan tropik siklon millionlab insonlar hayotiga daxl qilib, milliardlab dollar zarar keltiryapti.

BMT Bosh kotibi so‘zlariga ko‘ra, shunga qaramay, avvalgidek, o‘ta yomon iqlim tartibsizligidan qochib qutulish mumkin. Buning uchun qazib olinadigan yonilg‘idan voz kechish jarayonini tezlashtirish, mamlakatlar iqtisodiy tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha milliy rejalar ishlab chiqish, belgilangan ko‘rsatkich Selsiy bo‘yicha 1,5 darajadan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati