Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi keskinlik qayta jonlanishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 21:48
Tahlilchilar fikricha, dushanba kuni Pokiston tomonidan Afg‘onistonga amalga oshirilgan havo hujumi ikki mamlakat o‘rtasida noaniqlik keltirib chiqardi. Bu haqda O‘zA muxbiri yozmoqda.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, hodisa qurolli guruhlar, jumladan noqonuniy, deb topilgan Tehrik-e-Toliboni Pokiston (Pokiston Toliboni yoki TTP) tomonidan amalga oshirilgan. Afg‘on rasmiylari aytishicha, jami sakkiz kishi – besh ayol va uch bola halok bo‘lgan. Hukumatning rasmiy bayonotida terrorchilar mamlakat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, Pokistonda terror hujumi uyushtirish uchun Afg‘ooniston hududidan foydalanishi ta’kidlangan.

– TTP kabi terrorchi guruhlar mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka umumiy tahdiddir, – deyilgan bayonotda. – Biz ushbu guruhga qarshi kurashda afg‘on hukumati qanday qiyinchilikka duch kelayotganini to‘liq tushunamiz. Shuning uchun Pokiston terrorizmga qarshi birgalikda yechim topish va hech bir terror tashkilotining Afg‘oniston bilan ikki tomonlama munosabatni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘lida harakatni davom ettiradi.

Havo reydlari bir guruh xudkush-terrorchi Afg‘oniston bilan chegaradosh Shimoliy Vaziriston tumanidagi Pokiston harbiy nazorat postini nishonga olib, kamida yetti nafar askarni o‘ldirgandan ikki kun o‘tib amalga oshirildi.

Mamlakatni 2021 yil avgustida hokimiyatni qo‘lga olgandan beri boshqarib kelayotgan Afg‘oniston Tolibon harakati Pokiston hujumiga tezkorlik bilan munosabat bildirib, amaliyotni o‘ylanmay qilingan harakat, deb atadi. Havo reydlaridan bir necha soat o‘tib, afg‘on harbiylari Pokiston harbiylarining chegara tumanlari yaqinidagi pozisiyalarini minomyotdan o‘qqa tutdi. Natijada to‘rt nafar oddiy aholi vakili va uch nafar askar yaralandi. Tolibon hukumati matbuot kotibi Zabihulla Mujohid Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara qismlarini nazorat qilish qiyinligini tan oldi.

– Bir narsani qabul qilishimiz kerakki, Afg‘oniston Pokiston bilan juda uzun chegara hududiga ega, – dedi Mujohid. – Bu chiziqda tog‘lar, o‘rmonlar va boshqa ehtimoliy nazoratimizdan tashqaridagi yerlar bor.
Jurnalist, Pokiston – Afg‘oniston aloqalarini anchadan beri kuzatib keladigan Sami Yusufzay janjalni “ikki amakivachcha o‘rtasidagi mushtlashuv” deya ta’rifladi.
– Bu ikki qo‘shni o‘zini qarindosh-urug‘dek tutadi, – dedi u Al-Jaziraga. – Ular bir-biridan voz kecha olmaydi, lekin munosabatni tuzatish yo‘lini ham topolmaydi. Va bu holat o‘rtadagi jamoatchilik munosabatiga ta’sir qiladi.
Ko‘p yil davomida Pokiston 1996 yil birinchi marta hokimiyat tepasiga kelgan Afg‘on Tolibonining homiysi sifatida ko‘rib kelindi. Mamlakat toliblar rahbariyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, harakatni moliyalashtirgan va diplomatik yo‘l bilan himoya qilgan, deb hisoblanar edi. Shunga qaramay, Qo‘shma Shtatlar tomonidan “terrorga qarshi urush” deb atalgan davrda Pokiston Toliboni paydo bo‘ldi va davlatga qarshi urush boshladi. Guruh mafkuraviy jihatdan Afg‘oniston Toliboni bilan birlashgan edi.
Armiya Pokiston Tolibonini yo‘q qilish uchun bir necha operasiya o‘tkazdi va harakat yetakchilarining bir qismini Afg‘onistonga siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. 2021 yil oxirida Afg‘on toliblarining Kobulga qaytishi Pokiston Tolibonini jilovlashda qo‘l kelishi umidi paydo bo‘ldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati