Alimentdan qarzdor ota Rossiyadan qaytib oilasini tikladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 21:22
Urinishlar samara berdi, qarzdor Rossiyadan qaytib keldi

Majburiy ijro byurosining Jomboy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 04.09.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor P.S.dan undiruvchi M.R. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdoridaa aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab, Rossiya federasiyasida yashirinib yurganligi sababli, unga nisbatan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Ko‘p vaqt davomida alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning qarzi 16 mln. so‘mdan oshib ketgan. Shu bois, boshqarmaning qidiruv bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv harakatlari olib borish jarayonida qarzdorning Rossiyadagi telefon raqami topilgan va u bilan aloqa o‘rnatilgan.

Urinishlar samara berdi, qarzining to‘lanmasi xalqaro qidiruvga berilishini anglagan qarzdor Vataniga qaytdi va uni Aeroportda qidiruv bo‘lim xodimlari kutib oldi.

Olib borilgan suhbatlar va tushuntirishlar natijasida taraflar o‘zaro yarashib, oilasini qayta tiklashdi, bir nafar voyaga yetmagan farzand ota-onasini bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘ldi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda...

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati