«O‘zbekiston – kontrastlar mamlakati» nomli xabarga munosabat bildirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 20:20
2024 yilning 14 mart kuni telegram kanllarning birida «O‘zbekiston – kontrastlar mamlakati» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Shuningdek, maqolada keltirilgan ma’lumotlar jamoatchilik orasida ham keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. E’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan Madaniy meros agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va quyidagilarni ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrida qurilishi rejalashtirilgan «Boqiy Buxoro»– etnografik parkining loyihasi 1972 yilda Parij shahrida imzolangan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish bo‘yicha konvensiya hamda Konvensiyani amalga oshirish yuzasidan YUNESKO tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnoma talablari asosida Umumjahon merosi markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda loyihaning madaniy merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlari malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlanmoqda.

Madaniy meros agentligining joriy yil uchun mo‘ljallangan manzilli dasturiga asosan Buxoro viloyatidagi 57 ta madaniy meros ob’ektlarini restavrasiya qilish, ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlari uchun 100 mlrd. so‘mdan ortiqroq mablag‘ ajratilgan.

Hozirgi vaqtda «Ark» qal’asi, Sadriddin Ayniy teatri, Xo‘ja Kalon, Masjidi Kalon masjidlari, Abdulazizxon, Abdullaxon, Toshsaroy madrasalari kabi 35 ta ob’ektda asrashga doir ishlar boshlab yuborilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati