Lazizbek Mirzayevga Ispaniyaning qaysi klubi qiziqayotgani ochiqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 20:16
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzayev ayni paytda Ispaniyada ekani haqida xabar bergandik.

Mirzayevga Ispaniyaning "Leganes" klubi qiziqmoqda. Ayni paytda Segundada ishtirok etayotgan klub musobaqa jadvalida 1-o‘rinda bormoqda va yangi mavsum La ligaga qaytishga yaqin turibdi. 1928 yilda tashkil etilgan "Leganes"ni ayni paytda ispaniyalik murabbiy Borxa Ximenes boshqarib bormoqda. O‘z uy o‘yinlarini Leganesdagi 12 454 tomoshabinga mo‘ljallangan "Estadio Municipal Butarque" stadionida o‘tkazadi. Klub 4 mavsum (2016-2020 yillar) La ligada ishtirok etgan va Segundaga tushib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Mirzayev ayni paytda klub bilan tanishmoqda va turli testlardan o‘tmoqda. Agar "Leganes"ni barchasi qoniqtirsa Lazizbek 18 yoshga to‘lganidan keyingina (2024 yil, oktyabr oyida) bu jamoa bilan shartnoma tuzishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Lazizbek Mirzayev ham Abduqodir Husanovning agentligi bo‘lgan "Football Group" bilan hamkorlik qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati