• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Koreyaning Mercedes-Benz, BMW, Hyundai va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari jarimaga tortildi

Koreyaning Mercedes-Benz, BMW, Hyundai va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari jarimaga tortildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 19:54
Koreya hukumati chorshanba kuni xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan avtomobillarni sotgan 10 ta avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonaga jami 10,3 milliard von (7,6 million dollar) miqdorida jarima solganini ma’lum qildi, deya xabar beradi Yonhap.

Ulardan to‘qqizta kompaniya xorijiy, jumladan, Volkswagen Group Korea, Mercedes-Benz Korea, Ford Sales & Service Korea, Porsche Korea va BMW Korea, Hyundai Motor Co. esa Janubiy Koreyaning yagona kompaniyasi edi.

Transport vazirligining bildirishicha, jarimalar o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari oralig‘ida avtomobil modellarining nosoz qismlarini tuzatish choralariga asoslangan.

Eng katta jarima — qariyb 2,6 million dollarga Volkswagen Group Korea tortildi, undan keyin esa 1,9 million dollar bilan Mercedes-Benz Korea turibdi. Ford Sales & Service Korea va Porsche Kore lar qariyb 750 ming dollardan jarimaga tortilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati