Dani Alves ozodlikka chiqarildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 19:46
Dani Alves yakuniy hukmga qadar garov evaziga ozodlikka chiqarildi.

"Barselona" sobiq himoyachisi tungi klubda qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, 4 yarim yilga qamalgan, qo‘shimchasiga yana 5 yil shartli qamoqqa hukm qilingan edi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 150 ming yevro to‘lab berishi hamda unga 9 yarim yil davomida yaqinlashmasligi lozim.

Futbolchining vakillari qarorga apellyasiya berishdi. Shundan so‘ng Alves hukm kuchga kirishni boshlagunga qadar uni ozod qilishlarini so‘radi: "Men qochmoqchi emasman, men adolatga ishonaman".

"Marca" nashrining yozishicha, Barselona sudi sobiq futbolchini yakuniy qaror kuchga kirgunga qadar ozodlikka chiqarishga qaror qilgan. Lekin, buning uchun Alves 1 million yevro miqdorida garov puli to‘lashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 10 mart kuni braziliyalik jurnalist Dani Alves o‘z joniga qasd qildi deb xabar tarqatgan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati