Rossiyaning har bir davlat tashkilotida kiberxavfsizlik bo‘yicha boshqarmalar tashkil etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 19:18
Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning har bir davlat tashkilotida kiberxavfsizlik bo‘yicha boshqarmalar tashkil etishni buyurdi.

Putin kibermudofaa sohasidagi muammolarni hal qilish uchun Federal Xavfsizlik Xizmati raqamli rivojlanish sohasida faoliyat yurituvchi olimlar va biznes vakillari bilan faol hamkorlik qilishga, shuningdek, Rossiyaning kvant texnologiyalari va sun’iy intellektni rivojlantirishdagi yutuqlaridan foydalanishga chaqirdi.

Shuningdek, Rossiyadagi har bir davlat idora, muassasa va tizimli ahamiyatga ega tashkilotlarga IT-xavfsizlik bo‘linmalarini, jumladan, kompyuter hujumlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘limlarini yaratish topshirildi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Rossiyaning ilmiy va texnologik rivojlanish strategiyasini yangiladi va bu strategiya 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun tasdiqlandi. Fan, texnika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali tizimini shakllantirish, ilmiy ishlanmalar uchun infratuzilma va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash imkoniyatlarini yaratish Strategiyaning asosiy maqsadlari qatoriga kiradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati