Tramp: Yevropaliklar keraklicha to‘lov qilsa men AQShni NATOdan chiqarmayman

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 18:48

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp, u saylovda g‘alaba qozonganidan keyin, alyansning yevropalik a’zolari o‘z badallarini munosib tarzda to‘lab borsa, Qo‘shma Shtatlar NATOdan chiqmasligini bildirdi.

"Qo‘shma Shtatlar NATO mudofaa xarajatlaridagi o‘zining adolatli ulushini to‘lashi kerak, boshqalar uchun to‘lamasligi kerak", — deya ma’lum qildi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi Yevropa davlatlari uchun AQShdan ko‘ra "muhimroq".

"Biz bilan ba’zi muammolar (Evropadagi) orasida okean bor. Ulkan va go‘zal okean", — deya ta’kidlagan prezidentlikka nomzod Avvalroq, Tramp Rossiya Federasiyasi va Ukrainaga tinchlik muzokaralarini boshlashlari uchun bosim o‘tkazish niyatida niyatida ekanligini bildirgan edi.

"Ukrainaga bosim o‘tkazish vositasi uni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish tahdidi bo‘lishi mumkin, Rossiya esa, aksincha, Kiyevga yordamni ko‘paytirishi mumkin", — degan Trampning atrofidagilardan biri Bloomberg jurnalistlariga.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati