• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Andijonda «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Andijonda «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 18:06
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Andijon shahrida «Ipak yo‘li» EIZ tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. O‘zbekiston va Xitoy Andijon viloyatida «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deb xabar beradi «Podrobno.uz» muxbiri.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Xitoy Xalq Respublikasining navbatdagi delegasiyasi Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov, viloyat prokurori Ma’rufxon Xo‘jayev va boshqa rasmiy idoralar rahbarlari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etdi.

Tomonlar viloyatning Andijon tumanida 218 gektar yer maydonida «Ipak yo‘li» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Bunda investisiyalarni jalb etish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, shuningdek, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi EIZ tashkil etish prezidentning joriy yil 15 fevralda imzolagan qarorida qayd etilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati