Kanselu va Feliksning kelajagi haqida ma’lumot berildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 17:08
Kataloniyaning "Barselona" klubi sport direktori Deku ijaraga olingan ikki futbolchi - hujumchi Joau Feliks va o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluning kelajagi haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Feliks va Kanseluni o‘zimizda saqlab qolamizmi? Biz ularni saqlab qolmoqchimiz, lekin ko‘p narsa vaziyatga bog‘liq bo‘ladi", - deya Deku so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, Feliks “Atletiko Madrid”ga, Kanselu esa “Manchester Siti”ga tegishli. Ikkala klub ham futbolchilarni yozda doimiy ravishda sotmoqchi, ammo moliyaviy muammolar tufayli "Barselona" kerakli pulni to‘lay olmayapti. Mish-mishlarga ko‘ra, Kataloniya klubi Kanselu va Feliksning ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati