“Loroben” dori vositasining nusxasini ishlab chiqarilishiga chek qo‘yildi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-05-2024, 16:00
“Loroben” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarilishiga chek qo‘yildi va sud tomonidan huquqbuzarga nisbatan 60 mln jarima qo‘llanildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Vazirlikka 2024 yil 1-chorak bo‘yicha kelib tushgan jami 35 mingdan ortiq murojaatlarning 76 foizi qonuniy hal etildi.

Fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan ta’sir choralari natijasida 538 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘i undirib berildi.

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 3 179 ta taqdimnoma kiritildi, 3 830 nafar shaxslar ma’muriy, 1 169 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 4,3 mln.dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilib, xizmat ko‘rsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda.

Sudlarga 189 mlrd. so‘mga yaqin 3 030 ta da’volar (arizalar) kiritilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati