• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan erkaklar ulushi ortgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadigan erkaklar ulushi ortgani ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 15:40
Statistika agentligining tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, malakatda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 2021 yildagi 66 foizdan 2023 yilda 68,8 foizga o‘sgan.

Statistika agentligi har yili O‘zbekiston aholisining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida uy xo‘jaliklarida tanlanma usulda kuzatuvlar o‘tkazadi. Kuzatuv uslubi Jahon banki va BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining tavsiyalariga asoslangan.

Aholi turmush darajasi ma’lumotlari sifatini hamda turli toifadagi aholi qatlami qamrovini ta’minlash maqsadida 2023 yilda 16 mingta uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi.

Kuzatuvga tushgan uy xo‘jaliklari inson aralashuvisiz, kompyuterda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy usulda tanlab olinadi hamda kuzatuvlar axborotlashgan tizim orqali to‘liq planshetlar yordamida amalga oshiriladi. Natijalar avtomatik ravishda umumiy bazaga kiritib boriladi.

Shundan kelib chiqib, uy xo‘jaliklariga tashrif buyurilganda, uy xo‘jaligi a’zolaridan kimdir sport muassasalarida (seksiyalarda), uyda yoki boshqa joylarda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani so‘raladi. Bunda uy xo‘jaligi a’zolaridan haftasiga necha marotaba jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani hamda kuniga qancha vaqt (soat) jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani so‘raladi.

Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023 yilning yanvar – dekabr holatiga jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi erkaklar ulushi 68,8 foizni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatkich 2021 yilda 66 foizni, 2022 yilda 67,3 foizni tashkil etgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati