O‘zbekistonda 5 yil ichida 77 nafar sportchining kelishilgan o‘yinlardagi ishtiroki aniqlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 15:36
Sportdagi korrupsiya holatlari, birinchi navbatda, sportchilar, havaskorlar, millionlab tomoshabinlarning sohaga ishtiyoqi, ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Minglab yoshlarni professional sportga jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotgan bir vaqtda korrupsiyaviy holatlar sportni rivojlantirishga to‘siq bo‘ladi, teng huquqlilik prinsipi, adolat tamoyillarining buzilishiga olib keladi.
Endilikda bunday holatlarning oldini olish maqsadida qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik masalasi ko‘zda tutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi tegishli moddalar bilan to‘ldirilib, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi hamda sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Ushbu tartiblarni o‘z ichiga olgan "Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, oxirgi ikki yilda sportni rivojlantirish bo‘yicha 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. So‘nggi besh yilda esa sohaga qariyb 4 trillion so‘m mablag‘ ajratildi.